English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari fosh etildi
15:41 / 2025-12-13

Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Bekobod avto” chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga bo‘lgan navbatdagi urinishni fosh qildi.

Mazkur post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan 57 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” avtotransport vositasi bojxona ko‘rigi davomida tekshirilganda, “Rey” laqabli xizmat iti avtomashina salonidagi old yo‘lovchi o‘rindig‘i orqa cho‘ntagida giyohvandlik vositasi yashirilganini sezdirdi.

Natijada o‘rindiq g‘ilofi cho‘ntagida dastlabki vazni 2 gramm bo‘lgan “geroin” moddasi aniqlandi.

Keyinchalik, avtotransport vositasi to‘liq bojxona ko‘rigi orqali tekshirilganda, rentgen tasvirlari yoqilg‘i bakda shubhali jicmlar borligini ko‘rsatdi. Yoqilg‘i baki ochilganda esa uning ichiga 30 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani aniqlandi. Ushbu o‘ramlardagi moddaning sof og‘irligi 30 kg. 10 gramm bo‘lib, u “opiy” giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbirlar davomida Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish hamda Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmalari ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda mazkur giyohvandlik vositalari egasi – 48 yoshli fuqaro “Jartepa” chegara bojxona postidan kirib, Qashqadaryo viloyati orqali harakatlanayotgan vaqtida yo‘l patrul maskanlaridan birida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA