Yirik korxonaning eksport ko‘rsatkichi yanada oshadi
FOTOREPORTAJ
“Dilrabo SDA” ko‘p tarmoqli xususiy savdo ishlab chiqarish korxonasi Namangan viloyatidagi yirik eksportchi korxonalaridan biri.
Faoliyat turi trikotaj kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. Mahsulotlar to‘liq eksportga chiqariladi. Birgina joriy yilning olti oyida bu boradagi ko‘rsatkich 550 million dollarni tashkil etdi.
[gallery-24302]
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mazkur korxonada bo‘ldi. Jamoa rahbari Ma’sudaxon Sodiqova xorijiy hamkorlar bilan aloqalar, mahsulot eksportini yanada oshirish borasidagi harakatlar va yangi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA