Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik ishlab chiqaruvchilar chaqaloq ozuqalari tarqatilishini cheklamoqda
19:01 / 2026-01-22

Uch yirik global sut kompaniyasi “Nestle” bilan bog‘liq tozalikka oid muammo sabab chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa mahsulotlarini qaytarib olish va ishlab chiqarishni qisman cheklashga shoshilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, chorshanba kuni tegishli ro‘yxatga Fransiyaning “Danone” va “Lactalis” korxonalari ham kiritildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu davlatda chaqaloqlar o‘limi va “Nestle” suti o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Natija taxminan 10 kun ichida e’lon qilinishi kutilyapti.

Shanba kuni Singapur oziq-ovqat boshqarmasi Tailanddan kirib kelgan “Danone Dumex Dulac-1” va Shveysariyada ishlab chiqarilgan “NestleNAN HA1 Supreme Pro” tarkibida serulid borligi aniqlangach, ehtiyot chorasi sifatida mahsulotlarni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qildi.

“Lactalis” kompaniyasi ham 18 mamlakatdan chaqaloq ozuqalari chaqirib olinishini aytdi.

“Danone” aksiyasi taxminan 8,3 foiz arzonlashdi. Bu 2025 yil fevraldan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.

G.Sattorova, O‘zA