Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik investitsion loyiha yakuniy bosqichda: ishlar ko‘lami 96 foizdan oshdi
12:17 / 2021-05-30

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh “Uzbekneftegaz GTL” zavodida bo‘ldi, deb ma’lum qildi jamiyat matbuot xizmati.

Tashrif davomida mazkur investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini yakunlash holati, tashqi infratuzilma ob’ektlari qurilishining olib borilishi, shuningdek, “Uzbekneftegaz GTL” korxonasining ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarining amalga oshirilish jarayonlari o‘rganildi.

bugungi kunda korxonaning qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlari bosqichma-bosqich faol sur’atlarda olib borilmoqda.

Ushbu yirik loyiha o‘zining yakuniy bosqichiga yetib keldi. Umumiy ishlar ko‘lamining 96 foizdan ortig‘i bajarildi. Zavodning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obodonlashtirish ishlari faol sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh zavodning texnologik hududlarida ishga tushirish oldi ishlari va quvur, uskunalarning sinov ishlari jarayoni bilan batafsil tanishib chiqdi.

Bundan tashqari, hozirda qurilish maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, ularga kerakli sharoitlarni muntazam yaratib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning “Hyundai Engineering”, “Hyundai Engineering&Construction” hamda “Enter Engineering» (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlarda olib borilmoqda.

Ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarishda hozirgi kunda 500 donadan ziyod texnika jalb etilgan bo‘lib, qurilish maydonida 9 mingdan ortiq kishi mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, zavodning ma’muriy binosi qurilish ishlarining borishi o‘rganildi va bu yerda ishchi-xodimlarning ishlashlari uchun zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilishi va shunga qarab qurilishni davom ettirilishi kerakligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, ishga tushirish-sozlash ishlari davom etayotgan ishlarni yakunlash bo‘yicha mas’ullar va “Uzbekneftegaz GTL” rahbari Fahriddin Abdurasulovga ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida,  “Uzbekneftegaz GTL” zavodi 2021 yilning uchinchi choragidan boshlab yuqori sifatli sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishi, import o‘rnini bosish maqsadida respublikamizning ichki bozoriga va mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi bozorlarga yetkazib berishni boshlashi ko‘zda tutilgan.

Zavod ishga tushishi bilan boshqa mahsulotlar qatorida sintetik kerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi boshlanadi. Hozirgi kunda ushbu yoqilg‘i neft xomashyosi negizida olingan “Jet A-1” aviakerosini bilan 50 foizgacha bo‘lgan proporsiyadagi aralashmasi fuqarolik aviatsiyasida qo‘llanilishiga ruxsat berilgan.

“Uzbekneftegaz GTL” zavodi ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna neft, kimyo sohasi uchun xomashyo bo‘lgan nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishiga erishiladi.

O‘zA