Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi – “IFFHS” turli yo‘nalishlarda 2023 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Ushbu so‘rovnomalarda 120 mamlakatning “IFFHS” tashkilotiga a’zo bo‘lgan jurnalistlari va futbol ekspertlari qatnashadi. “IFFHS” o‘z talqini bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida “2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan 26 nafar o‘yinchi ro‘yxatini e’lon qildi.
Biz uchun ushbu xabarning ahamiyatli jihati shundaki, mazkur ro‘yxatda milliy terma jamoamiz a’zosi va “SSKA” (Moskva) klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev o‘rin olgan. Shuningdek, “2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga da’vogarlar qatoridan Jud Bellingem, Jamol Musiala,Gavi, Lamin Yamal, Uorron Zair-Emeri, Alexandro Balde, Evan Fergyuson, Ras us Xoylund kabi Yevropaning grand klublarida to‘p tepayotgan yosh yulduzlar ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev da’vogarlik qilayotgan yilning eng zo‘r yosh futbolchisi nominatsiyasida birorta ham osiyolik futbolchi yo‘q. Mazkur tanlov natijalari 2024 yilning 1 yanvar kuni e’lon qilinadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA