English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshilari taqdirlandi
17:51 / 2024-12-27

Yil yakunida ijobiy natijalarni e’tirof etib, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish kelgusi muvaffaqiyatlarning muhim omilidir. Shu maqsadda Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialida “Yilning eng yaxshilari” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida filial direktori Bahrom Toshboltayev yakuniga yetayotgan  yilda jamoa sa’y-harakatlari bilan bir qator ijobiy natijalarga erishilgani, bemorlarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashga erishilganini ta’kidladi. Bu yutuqlarga munosib hissa qo‘shgan xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-21065]

“Yilning eng yaxshilari” tanlovida g‘olib bo‘lganlarga alohida sovrinlar topshirildi. Unda Uchko‘prik tumanidan Farhodjon Akramov “Yilning eng yaxshi shifokori”, Oltiariq tumanidan Rohatoy Sattorova “Yilning eng yaxshi hamshirasi”, Dang‘ara tumani xodimi Dilafro‘z Turg‘unova “Yilning eng yaxshi dispetcheri”, Yozyovon tumanidan Havasxon Omonova “Yilning eng yaxshi kichik tibbiy xodimi” va O‘zbekiston tumanidan Almatboy Mamadaliyev “Yilning eng yaxshi haydovchisi”  deb topildi.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA