Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshilari taqdirlandi (+video)
14:00 / 2025-12-29

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yil yakunlari va eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, joriy yilda ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalar, Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz sport sharafini munosib himoya qilgan atletlarimiz orasida Markaz sportchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tadbirda aynan ushbu dargoh murabbiylari va atletlari orasidan eng munosiblari e’tirof etildi. Jumladan, “Jonkuyar xodim” Fathulla Mo‘minov, “Yil fidokori” sifatida Abdulatif Bollasov e’tirof etildi. Sarvara Amatova “Yil o‘qituvchisi” bo‘ldi. “Yil sportchisi” nominatsiyasida Bekzod Boborajabov (kamondan otish), Parizod Abdukarimova (suzish), “Yil parasportchisi” nominatsiyasida Humniya Olimjonova (parayengil atletika) hamda Ruxshona O‘ktamova (para pauerlifting) g‘olib bo‘ldi.  

Shuningdek, turli yo‘nalishlarda yilning eng yaxshilari aniqlandi va ular Markaz tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yPmuKmGmrHA" title="Yilning eng yaxshilari taqdirlandi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA