English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi
12:48 / 2024-10-17

Ma’lumki, joriy yilning 16-20 sentyabr kunlari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining hududiy saralash bosqichlari o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, video-taqdimotlarini yubordi.

Endilikda 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari pedagoglari ishtirokida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.   

Poytaxtimizda joylashgan 191-maktabda tanlovning respublika bosqichiga start berildi. Unda hududiy bosqichlarda g‘olib deb topilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maktablarining 2 nafardan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etadi.   

Tanlov g‘oliblari ertaga — 18 oktyabr kuni quyidagi tartibda taqdirlanadi:   

- 1-o‘rin uchun — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 million so‘m pul mukofoti;  

- 2-o‘rin uchun — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, monoblok;  

- 3-o‘rin uchun — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, noutbuk.   

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 17-18-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi 191- va 196-maktablarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘zbek tili” va ona tili fanlaridan mahorat darslari ham tashkil etilmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA