Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi aniqlandi
16:39 / 2021-06-14

Farg‘ona shahrida “Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning shahar va tumanlarda o‘tkazilgan dastlabki saralash bosqichi g‘oliblari qatnashdi.

Mazkur tanlov davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 iyundagi “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

[gallery-2788]

Tanlovda ishtirokchilar tanishuv, erkin mavzu, savol-javob shartlarida o‘z bilim va kasbiy mahoratini sinovdan o‘tkazdi.  

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Oltiariq tumani Tibbiy ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi xodimi Shohidaxon Uzoqova tanlovning viloyat bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Quva tumani vakili Umidaxon Mirzaliyeva ikkinchi, rishtonlik Mavludaxon Mayusupova uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.