Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshi adliya xodimi aniqlandi
16:50 / 2021-01-22

Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2020 yil yakunlari bo‘yicha “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik va hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari, ko‘ngilli tarzda tashrif buyuruvchilar hamda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Mazkur tanlov, adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim darajasini yanada mustahkamlash, ularga o‘z ustida tinimsiz ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, shuningdek, adliya organlari xodimlari o‘rtasida do‘stona muhitni yanada barqarorlashtirish asosiy maqsad etib belgilangan.

2020 yil yakunlariga ko‘ra, xizmat vazifalari va majburiyatlarini namunali bajargan adliya xodimlari tanlov nizomida belgilangan to‘rtta shartlar bo‘yicha saralandi.

Birinchi bosqichda xodim tomonidan bajarilgan ishlar (faoliyat natijalari va samaradorligi) komissiya tomonidan tanlovga qadar baholandi. Ikkinchi bosqichda xodimning tashabbuskorligi va faolligi baholandi.

[gallery-874]

Bunda, xodim o‘zi tomonidan amalga oshirilgan eng namunali ishlaridan biri tashabbuskorlik, yangiliklar yoki sohada mavjud muammoning aniq yechimiga qaratilgan asosli taklifini taqdimot qildi.  

Uchinchi bosqichda adliya xodimining huquqiy bilimlari sohaga oid test savollari asosida sinovdan o‘tkazildi. Nihoyat oxirgi to‘rtinchi bosqichda xodimlar amaliyotda uchrab turadigan muammoli holat (kazusning) yechimi bo‘yicha asoslantirilgan javob taqdim etdi.  

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Samarqand viloyati adliya boshqarmasining ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi bosh maslahatchisi Sardorbek Majidov, 2-o‘rin Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Abdulazizov, 3-o‘rin esa Toshkent adliya boshqarmasining ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi bosh maslahatchisi Abdurahim Shoakbarovga nasib etdi.  

G‘oliblar tanlov shartlariga ko‘ra, belgilangan mukofotlar bilan taqdirlandi.  

 

O‘.Barotov,

O‘zA muxbiri

J.Norqobilov olgan suratlar