O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi tashkil etiladi.
Qaror bilan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi tashkiliy qo‘mitasining tarkibi;
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning namunaviy tarkiblari tasdiqlandi.
Nizom talablari asosida mahalla yoshlar yetakchilarini har bir yo‘nalish bo‘yicha baholash mezonlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G‘olib va sovrindorlar moddiy rag‘batlantiriladi.
Tanlov har yili tuman (shahar), hududiy saralash va respublika final bosqichlarida tashkil etiladi.
Tanlov mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada olti oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.
O‘zA