English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” aniqlandi
17:24 / 2025-12-12

Jizzax shahrida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetib, eng munosiblar aniqlandi.

Yil poyoniga yetayotgan bu pallada har bir sohada yillik faoliyat sarhisob qilinayotgani kabi, mahalla tizimida fidokorona mehnat qilayotgan yoshlar yetakchilari ham o‘zining munosib bahosini olayotir.

Tanlovda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan eng iqtidorli, tashabbuskor va jamoatchilik hayotida faol yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Ular faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlarning o‘ntasi bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida baholandilar.

G‘allaorol tumanidan ishtirok etgan yoshlar yetakchisi Akmal Mahmudov “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– Men mazkur yo‘nalishda birinchi o‘rinni egallaganimdan juda xursandman, – deydi Akmal Mahmudov. – Bu tanlov orqali viloyatimizdagi yoshlar yetakchilari qanday tashabbuslar bilan chiqish qilayotgani, mahallalarda qanday ishlar amalga oshirilayotgani yana bir bor namoyon bo‘ldi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar munosib edi, omad esa 10 nafarimizga kulib boqdi.

Akmalning bu yutuqqa erishishi  mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni turli tanlov va loyihalarga jalb etish, vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish borasida tinmay olib borilgan mehnatining amaliy samarasidir.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin sohiblari bo‘lgan 10 nafar, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni olgan 20 nafar yoshlar yetakchilari diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri