FOTOREPORTAJ
Namanganda “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda har bir tumandan 10 tadan yoshlar yetakchisi qatnashdi.
[gallery-15025]
Tanlovda “Yoshlar balansi” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda va bandligini ta’minlashda samarali ko‘maklashgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Iqtidorli va intellektual faol yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA