Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilmaz Jankal o‘g‘li: jadidlar erisha olmagan ezgu g‘oyalarga kelajak avlod erishadi, deb o‘ylayman (+video)
20:16 / 2023-12-12

Toshkentda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Ozarbayjon, Turkiya, Shvetsiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Yaponiya singari mamlakatlardan taniqli olimlar bilan birga xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdi.

Konferensiyada ishtirok etgan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim bo‘yicha mas’ul xodimi Yilmaz Jankal o‘g‘li (Turkiya) bilan suhbatlashdik. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Jtd0c7UCo50" title="Yilmaz Jankal oʻgʻli: jadidlar erisha olmagan ezgu gʻoyalarga kelajak avlod erishadi, deb oʻylayman" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

– 2020 yilda o‘z faoliyatini boshlagan Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutdi. Jadidchilar maqsadi ham shunday bo‘lgan, ya’ni ular turkiy xalqlarning birligiga intilganlar. Bu bejiz emas. Chunki biz tilimiz, intilishlarimiz yaqin xalqlarmiz. 

Jadidlarning harakatlarini, ilg‘or fikrlarini o‘rganish hozirgi avlod uchun juda muhim. Jadidlar ko‘p ezgu g‘oyalarni maqsad qildi, unga intildi, ammo bularga erisha olmadi. Hozirgi avlodda esa bunga imkoniyat bor. 

Fursatdan foydalanib, turkiy xalqlar tarixida muhim o‘rin tutgan jadidchilik harakatini o‘rganish va ilmiy tadqiq qilishni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan nufuzli konferensiya tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. 

Norgul Abduraimova, O‘zA