Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yiliga 75 ming tonna mis: ayrimlari soch tolasidek koʻrinishda eritiladi
18:41 / 2018-11-28

“Oʻzeltexsanoat” aksionerlik kompaniyasi tarkibidagi yetmishga yaqin korxona toʻrt yoʻnalishda faoliyat yuritmoqda. Bunda kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar birinchi oʻrinda boʻlib, ushbu yoʻnalishda 19 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

“Oʻzeltexsanoat” aksionerlik kompaniyasi tarkibidagi yetmishga yaqin korxona toʻrt yoʻnalishda faoliyat yuritmoqda. Bunda kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar birinchi oʻrinda boʻlib, ushbu yoʻnalishda 19 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu yoʻnalishda 19 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kabel-sim mahsulotlari, mis shinalar va maishiy texnikalar uchun mis trubkalar ishlab chiqariladi. Bunda mis, alyuminiy, polietilen, poʻlat va boshqa shu kabi xomashyolardan foydalaniladi.

2017-yil yakuniga koʻra, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 60 foizdan ortigʻi eksportga yoʻnaltiriladi. Shu bois ham ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan media - tur “Oʻzkabel” aksiyadorlik jamiyatida oʻtkazildi.

Bir yarim mingdan ortiq ish oʻrni yaratilgan korxona 40 gektarda joylashgan boʻlib, mashinasozlik, togʻ-kon, elektr energetika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi kabi sohalar uchun kerakli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

photo5471969553115359545.jpg

photo5471969553115359546.jpg

– Birgina boʻyoqning 20 xili bor, –deydi korxonaning ishlab chiqarish boʻyicha direktori Mirmuxtor Mirhaydarov.– Polsha, Turkiyadan buyoq, Ukrainadan qadoqlash uskunalari keltirib oʻrnatilgan boʻlib, inson omili faqatgina boʻyoqni qadoqlashda ishtirok etadi. Boshqa jarayonlar avtomatik bajariladi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan kabel va sim mahsulotlarining yuqori sifatini taʼminlash maqsadida hamda ularni eksportga yoʻnaltirish uchun korxonalarda Finlyandiya, Turkiya, Xitoydan keltirilgan zamon talablariga javob beruvchi texnologik qurilmalar va liniyalari oʻrnatilgan.

40 yillik kafolat asosida ishlab chiqarilayotgan uch mingdan ortiq xildagi kabel mahsulotlari Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Rossiya mamlakatlariga eksport qilinayotgani quvonchli albatta.

Ayniqsa, 1994-yilda tashkil etilgan va Amerika texnologiyasi bilan jihozlangan mis eritish sexi hayratimizni oshirdi. Bu yerda yiliga 75 ming tonna, oʻz ehtiyojlari uchun esa oyiga bir yarim ming tonna mis eritilar ekan. Ayni vaqtda yuqori quvvatli kabellarga talab yuqori boʻlib, uning bozori chaqqon ekan.

photo5471969553115359547.jpg

Biz ichidagi simi oynaga oʻxshagan kabellar ham borligini koʻrdik.

Eng qizigʻi, yuqori kuchlanishli kabellar oʻzining sifati bilan alohida ajralib turar ekan. Bunda bir metr kabel 25 kilogrammdan ogʻir boʻlar ekan. Shuning uchun koʻpgina davlatlarda, xususan, Xitoyda ular yer ostiga koʻmilar ekan.

“Oʻzkabel”da buyurtmachilarni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish borasida loyihalar tayyorlanmoqda. Xususan, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida, 400 kv kuchlanishgacha boʻlgan “toʻqilgan polietilen izolyatsiyali kabel”larni ishlab chiqaruvchi zamon talablariga javob beradigan korxona ishga tushirilgan.