Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil yakunlari sarhisob qilindi
11:34 / 2025-12-30

FOTOREPORTAJ

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2025 yil yakunlariga bag‘ishlab jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. 

Dastlab “Jarqo‘rg‘on tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida mutaxassislar ishtirokchilarga gazdan xavfsiz foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi. Gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, gaz ballonlarida sifatsiz rezina ulagichlardan foydalanishning xavfi, is gazi bilan bog‘liq xavf-xatarlar hamda ularning oldini olish choralari haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

[gallery-26950]

Shuningdek, favqulodda holatlar yuzaga kelganda gaz xodimlarining xizmat vazifalari, tezkor harakatlanish tartibi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha amaliy tushuntirish o‘tkazildi.

Press-tur davomida jurnalistlar Termiz shahrida ham bo‘lib, gaz ta’minoti tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA