Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yil tanlovi – 2020”: Yilning eng faol jamoatchi tashkiloti aniqlandi
17:21 / 2021-01-08

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining “Yil tanlovi”da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “2020 yilning eng faol jamoatchi tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Mukofotni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov qabul qilib oldi

bugungi kunda Federatsiya tomonidan 20 ta barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, ko‘rkam va shinam “Iste’molchilar uyi” ma’muriy kompleksi foydalanishga topshirildi. Yana 30 ga yaqin tuman va shaharlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Keyinchalik, bu kabi ma’muriy komplekslar respublikamizning har bir hududida ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Federatsiya so‘nggi yillarda iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish barobarida xalqaro, mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida sezilarli ishlarni amalga oshirdi. 2018 yilda Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International)ga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon singari mamlakatlardagi davlat va nodavlat iste’molchilar tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda Federatsiya tomonidan 2021 yil may oyida “Consumers International” bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida turizm sohasida iste’molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha “Sayyoh-2021” xalqaro forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.