“Yil standartchisi” va “Sifat sohasidagi mukofot” g‘oliblari aniqlandi
14 oktyabr – Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yil standartchisi” hamda “Sifat sohasidagi mukofot” g‘oliblariga ramziy statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.




Sh.Mamaturopova, O‘zA