Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarining navbatdagi sessiyalarida shahar va tumanlar hokimlarining joriy yil yakunlari va 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan aholiga murojaatlari tinglanmoqda.
Jumladan, Jizzax shahri, Baxmal va G‘allaorol tumanlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahar Kengashining 35-sessiyasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov 2021 yil yakunlari va 2022 yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida fuqarolarga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha, joriy yil yakuni bilan Jizzax shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trillion 300 milliard so‘mni yoki 105,8 foizni tashkil etdi. Iste’mol mollari 1 trillion so‘m yoki 102 foizni, pudrat ishlari 1 trillion 200 milliard so‘mni yoki 117,4 foizni, kapital quyilmalar 3 trillion 700 milliard so‘mni yoki 103,3 foizni, jami xizmatlar 2 trillion 600 milliard so‘mni yoki 129,8 foizni, chakana savdo 2 trillion 500 milliard so‘mni yoki 120,9 foizni, qishloq xo‘jaligi hajmi 262 milliard 300 million so‘m yoki 104,2 foizni tashkil etadi.
[gallery-5101]
Iqtisodiy salohiyatni yuzaga chiqarish borasida asosiy “Drayver” tarmoqlaridan biri sifatida yengil sanoatni rivojlantirish belgilandi. bugungi kunda shaharda 168 ta yengil sanoat korxonasi mavjud bo‘lib, ular tomonidan yuz xildan ziyod mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yil davomida 589 milliard 300 million so‘mni tashkil etadi.
Ikkinchi “Drayver” tarmoq – bu qurilish industriyasi va metallurgiya sohasi hisoblanib, tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 241 ta korxona tomonidan joriy yil davomida 625 milliard 600 million so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, avtomobilsozlik va mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalari ham yetakchi tarmoqlar sifatida yuqori rivojlanish tendensiyasi va salohiyatiga ega.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida joriy yilda umumiy qiymati 2 trillion so‘mlik 62 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish va 1 ming 614 ta yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi belgilangan edi. Shundan, sanoat sohasida umumiy qiymati 1 trillion 900 milliard so‘m bo‘lgan 29 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 193 nafar yangi ish o‘rni yaratildi, xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 156 milliard 400 million so‘m bo‘lgan 30 ta loyiha ishga tushirilib, 410 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi, qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan 3 ta loyiha ishga tushirilib, 11 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan edi.
Joriy yil yanvar-noyabr oylarida 638 milliard 200 million so‘m bo‘lgan 46 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va 872 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. 2021 yil davomida 4 ta loyiha doirasida 10 million AQSH dollarilik xorijiy investitsiya jalb etish belgilangan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 16 ta korxona va loyiha doirasida 21 million 300 ming AQSH dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Jizzax shahri o‘zining sanoat mahsulotlari eksporti bilan viloyatda yetakchi o‘rinni egallab, eksportda shaharning ulushi 37 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda, Jizzax shahrida 40 ta korxona hisobidan 48 turdagi mahsulot eksporti amalga oshirilayotir.
Bugunga qadar jami 62 million 500 ming AQSH dollarlik mahsulotlar eksporti, jumladan, 61 million 100 ming dollarlik sanoat va 1 million 400 ming dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksportga yo‘naltirildi. Ayni paytda, har kuni o‘rtacha 300-400 ming dollar mikdorida eksport yuklari xorijga eksport qilinmoqda. Shahar hududidan jami 62 million 500 ming AQSH dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, yillik reja prognoziga nisbatan 10 million 700 ming AQSH dollari miqdorida ortig‘i bilan 121 foizga bajarildi. “Jizzax” EIZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, EIZ uchun Jizzax shahridan 363,7 gektar yer maydoni ajratilgan.
Amalga oshirilgan loyihalar 2021 yilning 1 dekabr holatiga, “Jizzax” EIZ hududida qiymati 234 million 200 ming AQSH dollari bo‘lgan 24 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyasi 89 million 600 ming AQSH dollarni, korxonaning o‘z mablag‘lari 91 million 900 ming AQSH dollarni, bank kreditlari 52 million 600 ming AQSH dollarni tashkil etmoqda. Ushbu loyihalar doirasida 3 ming 866 ta ish o‘rinlari yaratilganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
– Iqtisodiyotni rivojlantirishda yana bir asosiy ishimiz bu – hukumatimiz tomonidan importni qisqartirish va sanoatni mahalliylashtirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi, – dedi Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov. – Jizzax shahrida hududiy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilda 29 ta korxona kesimida 277 milliard 900 million so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi. Dastur doirasida yanvar-noyabr oylarida ushbu loyihalar doirasida 255 milliard 100 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Joriy yilda “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan jami 2 ming 240 nafar fuqaroga 70 milliard 100 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. 2021 yilning 1 dekabr holatiga iqtisodiy faol aholi 86 ming 300 nafarni, band aholi 78 ming 300 nafarni, ish bilan band bo‘lmagan aholi 8 ming nafarni, ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri davomida 4 ming 57 ta yangi ish o‘rni yaratish, shundan, 3 ming 128 ta yanvar-noyabr oylari rejasi bo‘lib, amalda 3 ming 186 ta ish o‘rinlari yaratildi va belgilangan reja bu borada 101,9 foizga bajarilgan. Fuqarolar bandligi yuzasidan ishga joylashtirish 2021 yil uchun reja ko‘rsatkich 1 ming 997 nafar qilib belgilangan bo‘lib, amalda yanvar-noyabr oylari davomida 2 ming nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi va reja ko‘rsatkichi 100,5 foizga bajarilgan. Shuningdek, Jizzax shahar hokimi hisobot davrida, mehnat muhojirlarni qaytarish borasidagi, markazlashgan investitsiya hamda “Obod mahalla” dasturlari doirasida, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi, issiqlik manbai, ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha, “Yashil maydon” borasida, ichki yo‘llarni ta’mirlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftarlari” bo‘yicha, mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Darhaqiqat, ushbu yo‘nalishdagi tahlillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2020 yil davomida aholidan jami 1 ming 786 ta murojaat kelib tushib, shundan 1 ming 922 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida kelib tushgan 2 ming 593 ta murojaatning 2 ming 412 tasi qanoatlantirildi. Foiz hisobida aytaganda, bu – jami murojaatlarning 97,9 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. E’tiborlisi, yuqorida aytilgan murojaatlarning 1 ming 652 tasi o‘zining ijobiy yechimini topgan. Kelgusi 2022 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifadir. Bunda asosiy e’tibor – sanaot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trillion 704 milliard so‘m (yoki 103,5 foiz)ga, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 42 milliard so‘m (102,5 foiz)ga, kapital quyilma hajmi 4 trillion 86 milliard so‘m (104,6 foiz)ga, qurilish pudrat ishlari hajmi 1 trillion 334 milliard so‘m (117,4 foiz)ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 288 milliard so‘m (104,2 foiz)ga, jami xizmat hajmi 2 trillion 848 milliard 400 million so‘m (130,6 foiz) ga va chakana savdo hajmi 292 milliard so‘m (120,2 foiz)ga yetkazilishi belgilandi.
Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 3 trillion 200 milliard so‘m bo‘lgan 43 ta investitsiya loyiha amalga oshirilishi natijasida 2 ming 913 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 2022 yilda eksportyor korxonalar soni Jizzax shahrida yana 3 taga ko‘payib, mahsulot turi 35 tadan 38 taga yetkaziladi. 58 million dollarlik sanoat mahsulotlari hamda 2 million AQSH dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish prognozlari belgilandi. Kelgusi yilda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali 6 ta loyiha doirasida jami 15 million dollarlik xorijiy inestitsiyalar o‘zlashtiriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari soni 2 barobarga oshirilib, 1 ming 207 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etiladi. Natijada, iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznesning sanoatdagi ulushi 21,3 foizni, qurilish sohasida 15,9 foizni, qishloq xo‘jaligida yuz foizni, chakana savdo aylanmasida 30,7 foizni, jami xizmatlarda 71,4 foizni, aloqa va axborot sohasida 2,3 foizni tashkil etishi ta’minlanadi. 2022 yilda 2 ta 4- va 41-sonli davlat maktabgacha tashkilotlarini investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya qilish, 3 ta davlat xususiy sherikchiligi asosida 10 ta oilaviy, shuningdek “Olmazor” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilganligi va u yerdagi 3-6 yoshdagi bolalar sonidan kelib chiqib, yangi 250 o‘ringa ega davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi hisobiga bolalar qamrovini 92,2 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Kelgusi yili Jizzax shahridagi 19-, 1- umumta’lim va 22-sonli IDUMda kapital rekonstruksiya qilish rejalashtirildi. Barkamol avlod bolalar maktabining eski binosi o‘rnidan 1 ming 960 o‘rinli yangi maktablar qurish rejalashtirildi. Jizzax shahar “Olmazor” massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning yerto‘la qismida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan uy-joyga muhtoj oilalarga ijara huquqi asosida uy-joy berish maqsadida turar joy sifatida ajratish, shuningdek, ayrim joylaridan xizmat ko‘rsatish ob’ekti sifatida foydalanish rejalashtirilgan.“Olmazor” massivida aholining o‘sish sur’atini inobatga olib, 1 ming 680 o‘rinli maktab, 250 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika hamda 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini qurish viloyatga ajratilishi rejalashtirilgan limitga ko‘shimcha mablag‘ ajratilishi va “So‘g‘diyona” professional futbol klubi huzuridagi Futbol akademiyasi hududida “So'g'diyona womyen” ayollar jamoasi uchun 36 o‘rinli yotoqxona binosi qurilishi ham kelgusi yil rejasiga kiritildi. Jizzax shahrida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan 2 ming 108 nafar fuqaroga 71 milliard 700 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi hisobiga 4 ming 562 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
2022 yilda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish dasturi prognoz parametrlari 5 ming 355 tani, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan murojaat qilgan ishsiz fuqarolarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha reja ko‘rsatgich 2 ming 308 nafar, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish prognoz parametrlari 2 ming 469 nafar, kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish prognoz parametrlari 2 ming 100 nafar, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan subsidiya prognoz parametrlari 673 nafar qilib belgilangan.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA