FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 10–18-fevral kunlari viloyatning 5 ta hududida o‘tkazilishi belgilangan tanlovda 45 nafar pedagog ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan bo‘lib, tanlov jarayonining shaffofligi va adolatli baholash tizimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-27687]
Termiz shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi Qobiljon Boboqulovning aytishicha, ikkinchi bosqichda ishtirokchilar tasodifiy tanlangan sinf va mavzu asosida dars o‘tmoqda. Bu esa o‘qituvchidan yuqori pedagogik mahorat, tezkor fikrlash va kasbiy tayyorgarlikni talab etadi.
Tanlov pedagoglarning kasbiy salohiyatini xolisona baholash, ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, shu orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar