English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil davomida Misrga O‘zbekistondan 42 ming sayyoh borgan
15:03 / 2024-12-27

“Erem Business” elektron nashri Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Misr Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitasi yettinchi yig‘ilishi tafsilotini yoritdi. Maqolada mazkur anjumanda ishtirok etgan Misr rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri Raniya Al-Mashatning fikr-mulohazalari keltirilgan.

Ushbu mulozimning bayonotiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi turizm aloqalari mustahkamlanishi natijasida joriy yil Afrika shimolidagi mazkur qadim yurt diyorimizdan jami 42 400 ga yaqin sayyohni qabul qilgan. U shuningdek ilgari surilayotgan samarali tashabbuslar, xususan iqlim investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha milliy platforma sifatida e’tirof etiladigan “Novi” dasturiga alohida to‘xtalgan.

Turizm va fuqaro aviatsiyasi sohalaridagi hamkorlik salohiyati muhokamasi chog‘ida vazir Misrda O‘zbekistonning o‘ziga xos ijobiy imiji shakllanib borayotganiga urg‘u bergan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA