Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yil davomida 107 ta obyekt foydalanishga topshirilmagan”
11:40 / 2019-08-24

Anjumanda oʻtgan 2018-2019 oʻquv yili yakunlari va yangi 2019-2020 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan vazifalar yuzasidan taqdimotlar qilinmoqda.


Ayni daqiqalarda Maktabgacha taʼlim vazirligining anʼanaviy “Avgust kengashi” anjumani oʻtkazilmoqda. Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimidagi 200 dan ortiq tarbiyachi, metodistlar bilan bir qatorda, sohaning masʼul xodim va rahbarlari ishtirok etayotir.

Anjumanda oʻtgan 2018-2019 oʻquv yili yakunlari va yangi 2019-2020 oʻquv yilida maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan vazifalar yuzasidan taqdimotlar qilinmoqda.

Bu yilgi “Avgust kengashi” da soha faoliyatini tahlil qilib shu vazifalarni eng pastki boʻgʻinlargacha bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni aniqlab, taʼlim muassasalariga yetkazish va kengashlarni aynan bugungi kunda muammoli masalalar yechimiga qaratilmoqda.

– Yil davomida 107 ta obyekt foydalanishga topshirilmagan. Bunga sabab mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 30 foiz xarajatlarni qoplash nazarda tutilgandi, lekin ajratilmagan, – dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshligʻi B.Danayev. – 2019-yil davomida investitsiya dasturi doirasida 150 ta obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilgan.