Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil boshidan buyon Samarqandda 446 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi
16:00 / 2021-08-07

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2020 yilning 6 oyida tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 262 ming 594 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 445 ming 832 tani tashkil qildi.

Bunda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish eng salmoqli raqam bo‘ldi – 16 ming 485 ta. Bundan tashqari, bolani davlat bog‘chalariga joylashtirish yuzasidan 72 mingga yaqin, jismoniy va yuridik shaxslarning elektron raqamli imzo olish bo‘yicha 44 ming 66 ta, kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan 24710 ta, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmaslik yoki nikohdan ajralganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish bo‘yicha 22 ming 722 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ayni paytda viloyatda davlat xizmatlari markazlarining 6 ta filiali mavjud va ular tomonidan o‘tgan davrda 4146 ta xizmat ko‘rsatilgan. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarida, aholi gavjum bo‘lgan joylarda o‘tkazilgan sayyor xizmat ko‘rsatish tadbirlarida 13 ming 283 ta xizmat ro‘yxatga olingan.

Lekin yilning olti oyi davomida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 5099 ta qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Jumladan, 4663 holatda davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari buzilgan, 203 holatda murojaatlar asossiz rad etilgan, 91 holatda ortiqcha hujjat talab qilingan.

G‘.HASANOV, O‘zA