Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil boshidan beri Toshkentda 19,5 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqi to‘lamagan
12:30 / 2025-12-03

Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi 11 oyida poytaxt avtobuslarida 19,5 mingdan ortiq haq to‘lanmagan holat qayd etilgan.

Nazorat tadbirlari Transport nazorati inspeksiyasi va Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.  

Reydlar davomida haq to‘lamay yurgan yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismi asosida bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Inspektorlar har kuni o‘rtacha 400 ta ma’muriy bayonnoma tuzishmoqda. Qoidabuzarlik uchun belgilangan jarima miqdori — 41 200 so‘mni tashkil etmoqda.

Tegishli idoralar yo‘lovchilarni jamoat transportidan foydalanganda haq to‘lash tartibiga rioya etishga chaqirmoqda.

Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga qarshi kuchaytirilgan reydlar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA