Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” g‘oliblari aniqlandi
16:14 / 2023-12-02

“Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan 37 nafar ayolning barchasi iqtidor, mahorat, keng dunyoqarash va ijtimoiy faollik jihatidan hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi.

Qatnashchilar 3 shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Tadbirning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga omad tiladi, ayollar erishayotgan yutuqlar e’tirof etildi.  

Shirin shahridagi “Sirdaryo IES” AJ laboranti Dilfuza Ro‘ziqulova 1-o‘rinni, Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiya markazi murabbiysi Lobargul Mirzaxodjayeva 2-o‘rinni, Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi uy bekasi Shoira Alimuhamedova 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 11 nafar faol ishtirokchi belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha sovrindor bo‘ldi.  

Bundan tashqari, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida Guliston shahar Xalq banki “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat organi”,   Sardoba tumani hokimligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik”,  “Nurli maskan” maktab-internati “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tashkilot”,  Guliston shahridagi “Academy of psyxology” MCHJ  “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”, Mirzaobod tumanidagi “Guliston Golden Yarn” MCHJ  “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’ekti”,  “O‘zbekiston” telekanalining Sirdaryo viloyat bo‘yicha o‘z muxbiri Azizxon Ishonxonov  “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV muxbiri”,  Xovos tumani hokimligi sayti “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan internetdagi eng yaxshi veb-sayt”, “Oqoltin ovozi” gazetasi tahririyati “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.  

Tanlov g‘oliblari viloyat hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev(surat), 
O‘zA muxbirlari.