Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi
16:50 / 2023-04-10

Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida navqiron yigitlarimizning harbiy xizmatga navbatdagi kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kuzatuv tadbiri bo‘lajak askarlar, ota-onalar va boshqa kuzatuvchilar uchun bayramdek o‘tdi. Davlat madhiyasi bilan boshlangan yig‘in boshida Guliston harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi Ravshan Jalilov armiyamiz saflarini to‘ldirishga otlangan yigitlarga oq yo‘l tiladi. Shundan so‘ng Sirdaryo tumanidan Muzaffar bobo Taylanov, bo‘lajak askar onasi Ra’no Berkinboyeva, harbiy xizmatga chog‘langan Ikromjon Abdualimovlar yig‘inda so‘zga chiqib, yigitlarga ezgu tilaklar bildirishdi.

Shuningdek, chaqiriluvchilarga viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Bahodir Begabayev va boshqa harbiy zobitlar tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi. Tadbir so‘ngida viloyat san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari barchani davraga chorladi. O‘yin-kulgu va raqslardan so‘ng yigitlarga milliy taom osh tarqatildi.

– Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash hamisha bolalikdan orzuim bo‘lib kelgan, – deydi I.Abdullayev. –Bugun orzuim ushalmoqda, men harbiy xizmatga jo‘nab ketayapman.Kelgusida vatan himoyachisi bo‘lishga qaror qildim.Ota-onam va yaqinlarim mening bu qarorimdan xursand bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA