Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yig‘ilish tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tdi
07:52 / 2022-08-01

Jizzax viloyati hokimligida Bolalar masalalari bo‘yicha viloyat hududiy komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari A.Ibrohimov, viloyat prokurori o‘rinbosari, komissiya a’zosi T.Xudoyberdiyevlar so‘zga chiqib, viloyatdagi voyaga yetmagan bolalarning huquqlari qay darajada kafolatlanganligi bo‘yicha o‘zlarining tahliliy-tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

Viloyat hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri, komissiya mas’ul kotibi N.Mavlanova komissiya a’zolari va ishtirokchilarni Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning Nizomi bilan batafsil tanishtirdi.

Tadbir davomida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning orzu-istaklarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish maqsadida tashkil etilgan “Mehr daftari” jamg‘armasi haqida ham yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, aybdorlar jiddiy ogohlantirildi. 

Mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat) O‘zA