Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
14:00 / 2021-07-26

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov, vazirlik va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshliqlari, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Per fon Arks va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va YeXHT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, 2021-2022 yillarda O‘zbekistonda YeXHT loyihalarini amalga oshirish borasida kelgusida vazirlik bilan hamkorlikda tashqi mehnat migratsiyasi va migrantlarning reintegratsiya masalalari bo‘yicha umumiy summasi 250 ming yevroni tashkil etuvchi loyihalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya kilish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga reintegratsiya jarayonida ko‘maklashish, Markaziy Osiyo davlatlarining tegishli idoralari bilan hamkorlikda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminar va davra suhbatlari tashkil etish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.