English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari XDPda bo‘ldi
15:21 / 2025-09-12

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, aholi manfaatlarini ifodalashdagi o‘rni, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki hamda parlamentdagi faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, partiya tomonidan olib borilayotgan loyihalar, saylovlardagi ishtiroki, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan dasturiy sa’y-harakatlarga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, YeXHT DIIHB missiyasining tegishli hisobotida keltirilgan tahlillar va takliflar demokratik jarayonlarni jadallashtirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

YeXHT DIIHB saylov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari U.Axundlu uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, siyosiy jarayonlarda umume’tirof etilgan me’yor va qoidalarni joriy etib borish muhimligi haqida fikrlarini bildirdi. Siyosiy jarayonlarga xalqaro andozalar asosida yondashish, saylov amaliyotida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, barcha siyosiy partiyalar uchun teng sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

M.Komilova. O‘zA