French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHT Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi to‘g‘risida
21:13 / 2021-12-02

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Stokgolm shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 28-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Shvetsiya raisligida o‘tgan uchrashuvda YeXHT makonida harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va insoniy mezondagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

A.Komilov yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga mamlakatimizda kechayotgan demokratik o‘zgarishlar, fuqarolarning huquq va erkinligini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Mamlakatimiz bilan YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda ijobiy sur’atda rivojlanayotgani, jumladan, xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohalarida texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston tomoni sheriklikni davom ettirishga, barcha sohalar bo‘yicha dolzarb dasturlar ko‘lamini mutanosib ravishda kengaytirishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, YeXHT faoliyatida iqtisodiy va ekologik omillar ahamiyatini kuchaytirish muhim. Bu keng qamrovli xavfsizlik konsepsiyasini to‘liqroq amalga oshirish imkonini beradi. Shu munosabat bilan o‘zaro savdoni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, agrar sohaga yangi texnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha aloqani faollashtirish yuzasidan kelishilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarur.

YeXHT hamkor mamlakati sanalgan Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ishtirokchilarni bu mamlakatda gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rishga chorladi.

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati