Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHT Mojarolarning oldini olish markazi direktori talabalar bilan uchrashdi
14:27 / 2025-09-05

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Nizolarning oldini olish markazi direktori Keyt Feron bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kirish so‘zi bilan ochib, akademik hamjamiyat va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi muloqotning tarixiy ahamiyati xususida gapirdi. Zamonaviy xavfsizlik muammolari murakkab xususiyatga ega ekani bu nafaqat fanlararo yondashuvni, balki yosh, ilg‘or fikrli mutaxassislarning faol ishtirokini ham talab qilishini qayd etdi.

Tadbir davomida Keyt Feron “Yoshlar va xavfsizlik hamda uning YeXHT uchun ahamiyati” xususida ma’ruza qildi. U o‘z nutqida xalqaro xavfsizlikni ta’minlash va mojarolarning oldini olishda yosh avlodning hal qiluvchi rolini tushuntirib berdi. Yoshlar nafaqat maqsadli guruh, balki nizolarning oldini olish va barqaror jamiyatlarni barpo etishda asosiy hamkorligini qayd etdi.

Asosiy ma’ruzadan so‘ng qizg‘in munozara va savol-javob bo‘lib o‘tdi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA