English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHT missiyasi rahbari: nogironligi bo‘lgan shaxslar faolligini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan
19:00 / 2023-05-01

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi mas’ullari ishtirokida O‘zbekistonning konstitutsiyaviy referendumi bo‘yicha dastlabki natijalari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zA muxbiri missiya rahbari Albert Yonsson fikrlarini yozib oldi:

– 2016 yildan boshlab mamlakatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish bo‘yicha jadal islohot olib borilganini alohida ta’kidlash mumkin. Masalan, parlamentda xotin-qizlar soni sezilarli oshgan: mavjud 150 o‘rindan 48 tasini, jumladan, 2 nafar spiker o‘rinbosari lavozimini ayollar egallab turibdi.

Missiyamiz konstitutsiyaviy nazorat jarayoni doirasidagi maslahatlashuv uzoq davom etganini, yakuniy loyihada ko‘plab takliflar hisobga olinganini ijobiy baholaydi.

Konstitutsiya loyihasi bandlari dunyoviy va ijtimoiy davlatni barpo etish, gender tengligini mustahkamlash, davlatning fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari oldidagi majburiyatini oshirish, qamoqqa olingan shaxsni huquqidan xabardor qilish kabi muhim jihatlarni nazarda tutadi. Shuningdek, O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini oshirish, yerga egalik qilishda halol raqobatni rag‘batlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda .

Xalqaro majburiyatlarga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov jarayonida ishtirokini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Umuman olganda, referendum o‘tkazuvchi organlarda ayollar yaxshi vakil edi.

Referendumdan o‘n kun avval saylovchilarga o‘z ma’lumotlarini onlayn, shuningdek, saylov uchastkalarida shaxsan tekshirish imkoniyati yaratilgani bizni quvontirdi. Diqqatimizni tortgan yana bir jihat shundaki, ovoz beruvchilar referendum o‘tkaziladigan kuni o‘z ro‘yxatini vaqtinchalik yashash joyiga o‘zgartirishi.

Kuzatuvlarimiz davomida mamlakatda sud-huquq sohasi, saylovlarni tashkil etish va bunda xalqaro hamjamiyatni jalb etish borasida muhim ishlar amalga oshirilganini e’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q. O‘zbekiston, o‘zbek xalqiga muvaffaqiyat tilayman.

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.

O‘zA