Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHT missiyasi rahbari Buxoroda
10:34 / 2023-07-03

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB)ning muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ursula Yuzefa Gachek xonim 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi Mirzohid Daminov bilan uchrashdi.

Muloqotda qayd etilishicha, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy taklifiga binoan mamlakatimizda muddatidan ilgari Prezident saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini ochdi. Missiya saylovlarni YeXHT majburiyatlari va demokratik saylovlar uchun boshqa xalqaro majburiyatlar va standartlarga, shuningdek, milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.

Kuzatuvchilar saylov kunidan oldin ham, undan keyin ham saylovning barcha jihatlarini diqqat bilan kuzatib boradi. Muayyan yo‘nalishlar me’yoriy-huquqiy bazani amalga oshirish, kampaniyani o‘tkazish, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, saylov nizolarini hal qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritishni o‘z ichiga oladi. Kuzatuvchilar, shuningdek, DIIHBning saylov bo‘yicha oldingi tavsiyalarining bajarilishini ham baholaydi.

Missiya huquqiy tahlilchisi Anna Melikyan, shuningdek, uzoq muddatli kuzatuvchilar Aleksandr Berdritskiy, Sumit Chanda ham ishtirok etgan mazkur qabul jarayonida mehmonlar O‘zbekiston saylov qonunchiligi asoslari, xususan saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalarini tashkil etish, ular faoliyatini yuritish tartiblari, ayni paytda kechayotgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shundan so‘ng, kuzatuvchilar okrug saylov komissiyasi raisi Mirzohid Daminov bilan muloqotda bo‘ldi. Muloqotda mazkur missiyaning maqsad va vazifalari, saylov jarayonida kuzatuvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi.

Muloqot jarayonida okrug saylov komissiyasi raisi xalqaro kuzatuvchilarni qiziqtirgan boshqa savollariga ham batafsil javob berdi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA