Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeXHT kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
15:50 / 2024-10-11

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga tashrif buyurdi.

Missiya vakillari bilan uchrashgan partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov mehmonlarga saylov tizimidagi o‘zgarishlar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi hamda ayni paytda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot jarayonlari haqida gapirib berdi.

Qayd etilganidek, dasturda barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tarbiya va ta’limga ustuvorlik berilgan. Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash, oilani mustahkamlash, ayollar, yoshlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha ham muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilgan.

Mehmonlarga, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni saralash, tayyorlangan targ‘ibot materiallari, jarayonlarning OAVda yoritilishi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, kuzatuvchilar bu yilgi saylov jarayonlarining borishi, partiyaning ishtiroki va tayyorgarligi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

M.Komilova, O‘zA