Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining saylov boʻyicha yakuniy xulosasi
13:37 / 2020-05-14

Bundan oldin Missiyaning Oraliq hisoboti (2019-yil 13-dekabr) va Saylovning dastlabki natijalari va xulosalari toʻgʻrisidagi bayonoti (2019-yil 23-dekabr) eʼlon qilingan edi.


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining rasmiy veb-saytida YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) Missiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarni kuzatish boʻyicha yakuniy hisoboti eʼlon qilindi.

Bundan oldin Missiyaning Oraliq hisoboti (2019-yil 13-dekabr) va Saylovning dastlabki natijalari va xulosalari toʻgʻrisidagi bayonoti (2019-yil 23-dekabr) eʼlon qilingan edi.

DIIHB – YEXHT mintaqasida saylovlarni kuzatish sohasidagi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Har yili mazkur byuro YEXHT mamlakatlaridagi saylovlarni tashkilot majburiyatlari, boshqa xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka rioya qilinishini baholash uchun minglab kuzatuvchilarni yuborishni muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining YEXHT DIIHB bilan hamkorligi anʼanaga aylangan. Mazkur tashkilotning missiyalari Oʻzbekistondagi parlament va prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida 1999-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Oʻtgan parlament saylovlarini kuzatish uchun YEXHT DIIHB ilk marotaba toʻlaqonli missiyani yubordi. Saylovlar kuni YEXHT parlament Assambleyasi delegatsiyasi bilan birgalikda Xalqaro missiya shakllantirildi va unda 37 mamlakatdan 316 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi.

DIIHB Missiyasining yakuniy hisobotida, saylovlar takomillashgan qonunchilik asosida oʻtkazilgani va mustaqil fikrlarga nisbatan toqat qilish muhitining oshgani haqida xulosa qilingan. Parlament saylovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan Oʻzbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida ulkan islohotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasiga binoan oʻtkazilgani qayd etilgan.

– Saylovgacha boʻlgan muddatda mustaqil fikrlar yana-da koʻproq tinglandi va fuqarolar oʻz siyosiy qarashlarini Internetda,ijtimoiy tarmoqlar va turli bloglar orqali joylab borishlarida erkinlikni his etdilar, – deyiladi hisobotda.

Hisobotda Markaziy saylov komissiyasining ishi ijobiy baholanib, parlament saylovlariga yana-da yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun ulkan kuch safarbar etilgani taʼkidlangan. Xususan, saylov komissiyalari aʼzolarini tayyorlash, ularning saylovlarni tashkil qilish va oʻtkazishga oid koʻnikmalarini oshirish, saylovlarda koʻp sonli xalqaro va mahalliy, jumladan, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, OAV vakillarining toʻsqinliklarsiz ishtirokini taʼminlash, saylovchilar oʻrtasida izchil va seziluvchan axborot kampaniyasini oʻtkazish borasida olib borilgan ishlariga yuksak baho berilgan.

Ayniqsa saylov komissiyasi aʼzolarini oʻqitish natijalari alohida taʼkidlangan. Xususan hisobotda Missiya vakillari tashrif buyurgan aksariyat saylov uchastkalaridagi komissiya aʼzolari yangi Saylov kodeksini yaxshi bilishlari ifoda etilgan.

Ijobiy holat sifatida Missiya Oʻzbekiston tomonidan milliy huquqiy bazani YEXHT doirasidagi majburiyatlarga yaqinlashtiradigan YEXHTning bir qator tavsiyalarini qabul qilganini qayd etgan.

Saylov kodeksi saylov jarayonlari toʻla qayta koʻrib chiqilganidan keyin qabul qilindi. Ushbu jarayonda Oʻzbekiston hukumati DIIHBning avvalgi tavsiyalarini koʻrib chiqdi, DIIHB bilan konstruktiv muloqotlar oʻtkazib, DIIHBdan va Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasidan Kodeks loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalar bildirishni soʻradi, deb qayd etilgan.

Hisobotda saylov jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi ulkan yutuq ekanligi taʼkidlangan. Deputatlikka nomzodlar safida xotin-qizlar (41 foizgacha) va boshqa millat vakillari ulushining (8,4 foizgacha) sezilarli darajada oshishi ham ijobiy deb baholangan.

DIIHB saylov jarayonlarini yana-da takomillashtirish borasida Oʻzbekistonga yordam berishga tayyor ekanligini taʼkidlar ekan, yakuniy hisobotida bir qator tavsiyalarini bildirdi.

Siyosiy partiyalarni tuzish va faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi nomutanosib huquqiy qoidalarni bekor qilish, “uch erkinlik” – yigʻilishlar oʻtkazish, uyushmalarga birlashish va soʻz erkinligini taʼminlash uchun mavjud qonunchilik bazasini qayta koʻrib chiqish ustuvor tavsiyalar sifatida eʼtirof etilgan.

Nomzodlar uchun “yashash senzi” (Oʻzbekiston hududida kamida besh yil)ni, tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish, nodavlat notijorat tashkilotlariga saylovlarni kuzatish huquqini berish, bir saylovchining bir necha bor ovoz berishni oldini olish maqsadida saylov kuni saylovchilarni roʻyxatga olishni taqiqlash kabi tavsiyalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish va muomalaga layoqatsiz shaxslarga ovoz berish huquqini taqdim etish, saylovoldi tashviqoti davrida tashviqot mitinglarini oʻtkazish uchun ruxsat berish tartibini bekor qilib, oʻrniga xabardor qilish tartibini oʻrnatish, partiyalar va nomzodlarni xususiy mablagʻlardan moliyalashtirishga ruxsat berish, partiyalarning moliyaviy hisobdorlik tizimini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati