“Yevrovideniye-2023” Liverpulda o‘tadi
“Bi-Bi-Si” xabariga ko‘ra, “Yevrovideniye-2023” “Bitlz” guruhining vatani – Liverpul shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musiqiy musobaqa qoidasiga muvofiq, navbatdagi tanlov amaldagi g‘olibning yurtida bo‘lib o‘tishi kerak. Oxirgi marta Ukraina vakili bosh sovrinni olgan. Yevropa teleradioeshittirish ittifoqi esa xavfsizlik nuqtai nazaridan tadbirni boshqa davlatda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Tanlovni o‘tkazish Buyuk Britaniyaga berilgan, chunki “Yevrovideniye” tanlovida so‘nggi bor ikkinchi o‘rinni britaniyalik musiqachi egallagan.
Britaniya o‘tmishda sakkiz marta ushbu anjumanga mezbonlik qilgan, biroq, musobaqa hech qachon Liverpulda o‘tkazilmagan.
1956 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan eng mashhur musiqiy tadbirlardan biri sifatida “Yevrovideniye-2023” o‘n bir ming tomoshabinga mo‘ljallangan “M&S Bank Arena”da bo‘lib o‘tadi.