Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroparlament YeIga yangi nomzodlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
11:37 / 2022-06-10

23-24 iyun kunlari Yevropa Ittifoqining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Yevroparlament siyosiy fraksiyalari yetakchilari YeI mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlariga murojaat etib, “Ukraina, Moldova Respublikasi va Gruziya Respublikasining tuzilmaga kirish arizasini ko‘rib chiqishga” da’vat etdi.

“Biz siyosiy guruhlar liderlari Ukraina va Moldova Respublikalariga Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomi berilishi hamda Gruziya Respublikasi ham shunday maqomga erishishi ustida ishlashga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

17 iyunda Yevrokomissiya a’zolikka arizalar yuzasidan munosabat bildirishi kutilyapti. Ushbu xulosa YeI yetakchilari ko‘rib chiqishi uchun sammitga taqdim etiladi.