Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevroparlament prezidenti David Sassoli vafot etdi
10:03 / 2022-01-11

Yevroparlament prezidenti David Mariya Sassoli 11 yanvar kuni 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Roberto Kuillo xabar berdi.

ANSA agentligi ma’lumotiga qaraganda, David Sassoli 26 dekabr kuni immunitet tizimining disfunksiyasi bilan bog‘liq jiddiy asorat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Ta’kidlash joiz, u professional jurnalist edi. 2009 yilda Demokratik partiya ro‘yxati bo‘yicha Yevroparlamentga saylangan, roppa-rosa o‘n yil o‘tgach, 3 iyulda Yevroparlament prezidenti etib saylangan.