Yevroparlament Guaydoni Venesuelaning qonuniy rahbari deb tan oldi
Yevroparlament Venesuela parlamenti spikerti Xuan Guaydoni mamlakatning “vaqtinchalik qonuniy prezidenti” sifatida tan oldi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Yevroparlament Venesuela parlamenti spikerti Xuan Guaydoni mamlakatning “vaqtinchalik qonuniy prezidenti” sifatida tan oldi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Qayd etilishicha, Yevroparlamentning 439 aʼzosi Guaydoning yangi maqomi haqidagi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlagan. Qarshi ovoz berganlar 104 nafar, betaraflar 88 ta.
“Yevroparlament buni amalga oshirgan ilk Yevropa instituti boʻldi” degan spiker Antoni Tayani.
Shu munosabat bilan Yevroparlament Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar diplomatik xizmatlarini ham Guaydoni Venesuelaning “vaqtinchalik qonuniy prezidenti” deb tan olishga chaqirgan.
Eslatib oʻtamiz, 21 yanvarda Venesuelada mamlakat parlamenti spikeri Xuan Guaydo boshchiligida Prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoshiylari boshlandi. Maʼlumotlarga koʻra, tartibsizliklarda 791 kishi hibsga olingan, halok boʻlganlar 29 nafar.
26 yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniya Venesuelada yaqin sakkiz kun ichida prezidentilk saylovlari oʻtkazilmasa, Guaydoni “qonuniy prezident” sifatida tan olishlarini eʼlon qildi.
Hozirgacha AQSH, Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya kabi qator davlatlari Venesuela parlamenti spikerining yangi maqomini tan olgan.