Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropaning yetakchi davlatlari 400 million doza “COVID-19”ga qarshi vaksina boʻyicha shartnoma imzoladi
14:29 / 2020-06-14

“Rejaga koʻra, ayni payt avj nuqtaga chiqqan eksperiment bosqichi kuzgacha nihoyasiga yetadi, vaksinaning birinchi partiyasi yil oxiriga borib qoʻlimizga tegadi”, - deb yozgan Speransa ijtimoiy tarmoq orqali.


Italiya, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya sogʻliqni saqlash vazirlari Angliya-Shvetsiya hamkorligidagi “Astrazeneca” farmatsevtika kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi ishlatiladigan vaksinadan 400 million doza ishlab chiqarish yuzasidan shartnoma imzolashdi. Bu haqda maʼlum qilgan Italiya vaziri Roberto Speransa vaksina “Yevropa aholisi uchun moʻljallanganini” ham taʼkidlagan.

“Rejaga koʻra, ayni payt avj nuqtaga chiqqan eksperiment bosqichi kuzgacha nihoyasiga yetadi, vaksinaning birinchi partiyasi yil oxiriga borib qoʻlimizga tegadi”, - deb yozgan Speransa ijtimoiy tarmoq orqali.

Uning qayd etishicha, nomzod-vaksina Oksford universitetida olib borilgan tadqiqotlar natijasida paydo boʻldi. Ishlab chiqarish jarayonida esa jumladan, Italiya tomoni ham ishtirok etadi.

“Bugungi imzolash marosimi Italiya va butun Yevropaga koʻp narsalar vaʼda qiluvchi dastlabki qadamdir. Maʼlumki, vaksina yaratilishi COVID-19 muammosini bartaraf etishda yagona yechim hisoblanadi. Menimcha, bu jarayon hamisha global ijtimoiy farovonlikni taʼminlovchi, ayrimlar manfaatiga xizmat qiladigan emas, balki barcha birdek foydalanish huquqiga ega boʻladigan vosita sifatida qabul qilinishi lozim”, - dedi Speransa.