Yevropaning qator davlatlarida bolalarni “COVID-19”ga qarshi emlash tadbirlari boshlandi
“INTERFAX.RU” xabariga qaraganda, Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Gretsiya, Italiya, Ispaniya va Vengriyada 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “COVID-19”ga qarshi emlash tadbirlariga kirishildi.
“Associated Press” tarqatgan xabarda Gretsiya ta’lim vaziri Niki Kerameosning onlayn-anjumandagi: “Yashirmayman, shifokorlarning maslahatidan keyin besh yarim yoshli o‘g‘limiz ham emlanadi”, deb aytgani keltirilgan.
O‘tgan oyda Yevropa muvofiqlashtiruvchisi 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni ma’qullagan, ular kam dozali vaksina bilan, 12 yoshdan oshganlarga esa kattalarga xos vaksina bilan emlanadi.