Yevropaning besh davlati arzon havo mudofaasi tizimi ustida ishlashga kelishib oldi
Yevropaning besh yetakchi davlati mudofaa vazirlari Ukrainadagi jangovar amaliyot tajribasiga asoslangan arzon havo mudofaasi salohiyatini birgalikda oshirish rejasini e’lon qildi.
Arzon hujum va muxtor platforma (LEAP) deb nomlanuvchi mazkur yangi tashabbusga Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha yetakchilik qilmoqda.
Ushbu mamlakatlar vazirlari 19-fevral kuni Krakovda Yevropa Ittifoqi yuqori lavozimli diplomati va NATO Bosh kotibi o‘rinbosari ishtirokida uchrashuv o‘tkazgan. Yevropa beshligi guruhi (E5) nomli bu tuzilma NATO doirasida ish olib borishi kutilyapti.
- Ayniqsa dronlardan himoyalanish uchun tez va tejamkor innovatsion tizim ishlab chiqish masalasini muhokama qildik, - dedi GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius. - Tez orada tegishli qurilmalarni ommaviy tarzda ishlab chiqarish va tez sur’atda foydalanishga topshirishni ko‘zlayapmiz.
S.Rahimov, O‘zA