Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropaning 10 ga yaqin davlatlari murabbiylari kurash qonun-qoidalari borasidagi bilimlarini boyitishdi
18:32 / 2022-03-29

Italiya poytaxti Rim shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasi(IKA) taqvim rejasiga asosan Xalqaro kurash instituti tomonidan Yevropa kurash konfederatsiyasi va Italiya kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda ko‘hna qit’a mamlakatlaridagi kurash murabbiylari va mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, seminarda Kurash xalqaro instituti rektori Habibullo Tojiyev, IKA texnik direktori Reza Nosiri, Italiya kurash federatsiyasi prezidenti Vittorio Giorgi, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov, Italiya sport tashkilotlari vakillari Antonio Langano, Paolo Anedda, shuningdek, Yevropa davlatlaridan kurash bo‘yicha murabbiy va mutaxassislar ishtirok etishdi.

– Mazkur o‘quv-mashg‘ulot seminari milliy sportimiz kurashning Yevropa qit’asida yanada ommalashuviga xizmat qiladi. Rimda o‘tgan kurash seminarlarida Yevropa qit’asining 10 ga yaqin davlatlaridan kurash murabbiylari kurashning qonun-qoidasi, mohiyati, texnik va taktik usullari, tarixi borasidagi bilimlarini boyitishdi. Mashg‘ulotlarda bevosita qatnasha olmaganlar unda onlayn tarzda ishtirok etishdi, – deydi kurash xalqaro instituti rektori Habibulla Tojiyev.

Shu o‘rinda aytish joiz, Italiyadagi seminar mashg‘ulotlari dunyoning boshqa davlatlaridagi milliy kurash federatsiyalariga ham ZOOM platformasi orqali tarqatildi.

O‘zA