English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropaliklar Grenlandiyani himoya qilish uchun birlashdi (+video)
19:05 / 2026-01-26

Donald Trampning Grenlandiyani egallab olish haqidagi tahdidi Yevropani tahlikaga soldi va NATO ning parchalanib ketish xavfini keltirib chiqardi, deb xabar berdi Euronews.

Barcha bosimlar va qarama-qarshiliklarga qaramay, Yevropa va AQSH o‘rtasida 80 yildan beri davom etib kelayotgan ittifoq bir kunda jar yoqasiga keldi. Aynan shu fikrni Yevropa yetakchilari xavotir bilan bildirishdi. Atlantika okeanining ikki tomoni Grenlandiya taqdiri sababli halokatli savdo urushiga juda yaqin kelib qoldi.

Besh kun davomida Donald Tramp Yevropa qit’asini keskin tahdidlar bilan bosim ostida ushlab turdi. U NATO a’zosi bo‘lgan sakkizta Yevropa davlatiga qo‘shimcha 10 foizlik tariflar joriy etishini aytdi. Bu orqali u Daniya qirolligiga qarashli, tabiiy boyliklarga boy orol, Grenlandiyani sotib olishga majbur qilmoqchi edi.

Bu gaplar Yevropada qattiq norozilikka sabab bo‘ldi. Prezidentlar va bosh vazirlar bir ovozdan Daniya hududi yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi va AQSH prezidentining tahdidini qoraladi.

Trampning tahdidlariga birinchi bo‘lib Fransiya javob tariqasida, qarshi choralarni ishga tushirishni talab qildi. Bu javob mexanizmi iqtisodiyotning ko‘p sohalarida qarshi kuchlarni qo‘llash imkonini beradi. U avval Xitoyga qarshi ishlab chiqilgan bo‘lsada, ammo hech qachon qo‘llanmagan edi. Xullas, tahdidlar Yevropa poytaxtlarini shu tariqa jiddiy qaror qabul qilishga majbur qildi.  

Diplomatlar Grenlandiya, Daniya va butun ittifoq suverenitetini himoya qilish uchun iqtisodiy qiyinchiliklarga ham tayyor ekanini aytishdi. Shu tariqa 93 milliard yevroga teng javob choralari ro‘yxati tayyor bo‘ldi.

Yevropaliklar diplomatik yo‘llar bilan vaziyatni yumshatishga urindi. Avvaliga bu urinishlar samara bermadi. Keyinchalik Tramp Davosda chiqish qilib, Grenlandiyani qo‘lga kiritish istagini yana takrorladi, ammo harbiy kuch ishlatmasligini bildirdi.

Yevropa hushyorlikni saqlab qolishga urinayapti. Chunki, AQSH bilan munosabatlar endi avvalgidek emas. Bu esa Yevropani yanada mustaqil bo‘lish va ko‘proq hamkorlar izlashga undaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8qXgPZZ4OpQ" title="Yevropaliklar Grenlandiyani himoya qilish uchun birlashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA