Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada rekord darajada qurg‘oqchilik kuzatilyapti
18:08 / 2022-08-10

Yevropa mintaqasida avgust oyida yog‘ingarchilik darajasi keskin pasayib ketishi aytilmoqda.

Sinoptiklar qurg‘oqchilik oqibatida mintaqadagi vaziyat iyul oyiga qaraganda ancha og‘ir kechishini taxmin qilyapti. 

Yevropa komissiyasi buyrug‘i bilan tayyorlangan hisobotda qurg‘oqchilik deyarli butun qit’aga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Eng xavfli vaziyat Fransiya janubida hamda Ispaniya va Portugaliya hududlarida yuzaga kelayotgani xabar qilingan. 

Fransiyada shu yozning o‘zida to‘rtinchi marotaba jazirama to‘lqini kuzatiladigan bo‘ldi, deyish mumkin. Rasmiylar fikricha, yuqori harorat va yog‘ingarchilik kamligi tufayli mamlakat tarixidagi eng yomon qurg‘oqchilik ro‘y berishi mumkin. 

Yaqin kunlarda Britaniya orollarida ham haddan tashqari yuqori issiqlik kuzatilishi xabar qilindi. Janubiy va markaziy Angliyada soyada harorat 35 darajadan oshishi mumkin. Angliya va Uelsda toza suvni tejash uchun bog‘lar va sabzavot ekilgan dalalarni shlang bilan sug‘orishni vaqtinchalik taqiqlash joriy etildi. 

Hisobotda, shuningdek, deyarli barcha Yevropa daryolarida suv sathi pastligi qayd etilgan. 

O‘zA