English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori? (+video)
18:38 / 2024-09-20

Yevropaning ba’zi davlatlarida aholi sonining kamayib borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va boshqa bir qator sohalarda ish kuchiga bo‘lgan talabning ortishiga olib keldi. Bu esa ushbu davlatlarga mehnat migratsiya oqimining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlarga mutaxassislarni tayyorlash va yuborish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu masalada agentlikning Yevropa davlatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sardor Mahammadiyev bilan suhbatlashdik.  

- Agentlik tomonidan yurtdoshlarimizning Yevropa mehnat bozoriga chiqishlari uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Tashqi mehnat migratsiyasi sohasi yildan-yilga o‘z maqsadlarini, kelajak istiqbollarini belgilab bormoqda. Fuqarolarga bir qancha imtiyozlar va rag‘batlantirishlar berib borilmoqda. Umuman agentlik rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ortiq hamkorlik shartnomalariga ega. Ushbu shartnomalar fuqarolarga aynan texnik ishlab chiqarish sohalari, quruvchilik, yuk avtomobillari haydovchiligi, mehmonxona xizmatlari, ishlab chiqarish korxonalari kabi o‘nlab sohalarni ko‘zda tutadi... (davomi videoda)  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SYOT_Pngang?si=SsC7ksV3QRPl4BhM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA