Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada o‘rmon yong‘ini maydoni bir million gektardan oshdi
11:00 / 2025-08-23

Yevropa Ittifoqi hududidagi o‘rmon yong‘ini maydoni 2006 yildan beri birinchi marta bir million gektardan oshdi, bu yangi rekord, deya xabar tarqatdi “Politico” nashri Yevropa o‘rmon yong‘ini axborot tizimi (EFFIS) ma’lumotiga tayanib.

Yanvar oyidan beri "tilsiz yov" 1 016 000 gektar maydonni yo‘q qildi. Bu Kipr orolidan kattaroq maydon, degani.

2017 yil ham qit’ada dahshatli o‘rmon yong‘ini kuzatilgan., faqat alanga iskanjasida qolgan maydon 988 000 gektardan oshmagandi.

Yo‘qotilgan yashil hududning qariyb uchdan ikki qismiga 5 avgustdan keyingi olovli kunlarda o‘t ketgan, Zararning aksariyati Pireney yarim oroli chekiga tushgan.

Ispaniyada 400 000 gektardan ortiq maydon yongan. Hududi ancha kichik Portugaliyada esa kulga aylangan 270 000 gektardan ko‘proq daraxtzor mamlakat umumiy maydonining 3 foizini tashkil qiladi.

S.Rahimov, O‘zA