Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada kuchli jazirama
14:56 / 2023-07-11

Shu kunlarda issiqlik to‘lqini Yevropaning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olgan. Fransiyaning bir necha departamentida to‘q sariq – xavfli rejim e’lon qilindi.

Lionda yakshanba kuni havo Selsiy o‘lchami bo‘yicha 38 darajaga chiqdi. “Meteo Francye” ekspertlari fikricha, ayni holat yoz mavsumi uchun istisno emas, biroq baribir, bir necha kun davom etadigan jazirama to‘lqini alohida hushyorlik talab etadi.  

Masalan, Polshada 30 daraja kuzatildi. Mutaxassislar odamlarga ko‘chaga chiqmaslik, ko‘p suv ichishni maslahat berishyapti.  

Italiyada jazirama kuchaygan. Ispaniya va Portugaliya havosi yaqin kunlarda 40 darajadan oshadi.  

Darvoqe, o‘tgan yil Yevropada g‘ayritabiiy issiq to‘lqin 15 mingga yaqin odamni halok qilgan edi.  

O‘zA