English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada gaz narxi tusha boshladi
18:41 / 2021-10-28

Yevropada gazning noyabr oyi uchun fyuchers narxi 9 foizga tushib, ming kubometr gaz 950 dollarga narxlandi, deyiladi ICE Futures tarqatgan ma’lumotda.

Bu yil kuzda yevropaliklar gaz narxi tebranishlariga guvoh bo‘ldi. Avgust oyida fyuchers savdolari ming kubometr gaz uchun 515 dollar etib belgilangan edi, biroq sentyabr oyiga kelib narxlar ikki barobardan ham oshib ketdi. 

6 oktyabrda gaz narxi tarixiy maksimumga, ya’ni 1 ming 937 dollarga chiqdi. So‘ngra pasayishni boshladi, biroq baribir narxlar qimmatligicha qolmoqda. Bularning barchasi Yevropa ittifoqida elektr narxlarining oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda.