Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropada eng arzon benzin qaysi mamlakatlarda sotilishi ma’lum qilindi
12:23 / 2022-01-31

Yevropaning 32 mamlakati orasida eng arzon benzin Qozog‘istonda ekan. Mazkur ro‘yxatda Rossiya ikkinchi o‘rinni egallagan, deyiladi RIA Reyting e’lon qilgan hisobotda.

Masalan, Qozog‘istonda benzinning AI-95 markasi 35,7 rubl bo‘lsa, Rossiyada uning narxi 51,3 rubl turarkan. Uchinchi o‘rin Belarusga berilgan. Bu mamlakatda bir litr benzinning narxi o‘rtacha 61 Rossiya rublida baholanmoqda.

Qit’a mamlakatlari orasida eng qimmat benzin Niderlandiyada sotilmoqda, deyiladi hisobotda. Agar uning narxi Rossiya rublida hisoblaydigan bo‘linsa, bir litr benzin 169,1 rublga baholanar ekan. Yoqilg‘i narx-navosi bo‘yicha Niderlandiyadan keyingi o‘rinlarni Finlyandiya, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya egallagan. Bu mamlakatlarda bir litr benzin 150 rubldan yuqori turadi.

Eng arzon dizel yoqilg‘isi Rossiyada sotilmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston, Belarus va Ukrainada ham dizel yoqilg‘isi arzon hisoblanadi.

Dizel yoqilg‘isi eng qimmat bo‘lgan mamlakat ro‘yxatining boshida Shvetsiya bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Norvegiya, Belgiya va Niderlandiya mamlakatlari band etgan.

So‘nggi paytda deyarli barcha mamlakatlarda benzin narxi keskin oshgani aytilmoqda. Masalan, eng ko‘p qimmatlashish Litva (+31,7 foiz), Bolgariya (+31,5 foiz) va Lyuksemburgda (+30,6 foiz) kuzatilgan. 32 ta mamlakatning 14 tasida narx o‘sish 25 foizdan pastga tushmagan. Eng kam o‘sish Rossiya (+8,6 foiz), Portugaliya (+14,8 foiz) va Belarusda (+16,7 foiz) qayd etilgan.

Benzin narxi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, uni sotib olish qobiliyati ham muhim jihat hisoblanadi. Zero, benzin qimmat bo‘lishi mumkin, lekin maosh ham shunga yarasha bo‘lsa uning qimmatligi unchalik sezilmaydi yoki u arzon bo‘lgani bilan maosh ham juda kam bo‘lsa, baribir qimmat hisoblanadi. Bu borada rossiyaliklar o‘zlarining o‘rtacha maoshiga 920 litr benzin sotib olishi ma’lum bo‘ldi.

Yevropada maoshiga eng ko‘p benzin olish qurbiga ega aholi Lyuksemburgda istiqomat qilar ekan. Bu mamlakat odamlari o‘zlarining o‘rtacha oyligiga 2,3 ming litr benzin xarid qila oladi. Ikkinchi o‘rinda 2,1 ming litr bilan Norvegiya bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlikka Avstriya, Buyuk Britaniya va Daniya kiritildi.